Namanganda bo‘lib o‘tadigan 64-Xalqaro Gullar festivali oldidan viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan volontyorlar guruhining tashkiliy nazorati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuritdinov boshchiligida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, fakultet dekanlari hamda ushbu festivalga jalb qilingan ko‘ngilli yoshlarga mas’ul o‘qituvchi xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda festivalni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar berildi hamda tashkiliy ishlar yuzasidan mavjud masalalar kelishib olindi.
Bahor nafasi Namanganni chiroyga burkaydi! 25-maydan 29-iyungacha "64-Xalqaro Gullar Festivali" sizga yorqin gullar, ajoyib tadbirlar va unutilmas taassurotlar olamini taqdim etadi! Festival dasturi – har kuni qizg‘in tadbirlar! 🔹 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilgan shahar 🔹 Jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar 🔹 Fashion Week 2025 – yirik modalar haftaligi 🔹 Xalqaro va mahalliy sport musobaqalari 🔹 Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar 🔹 Kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari 🔹 Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari 🔹 Kulgu kechalari 🔹 “Dunyo taomlari Namanganda” – gastronomik turizm tadbirlari 🔹 "Lavanda sayli" va dron-shoular Gullarning sehri va bahor nafasi sizni kutmoqda! Festival quvonchini o‘tkazib yubormang! 📅 25-maydan 29-iyungacha Namanganda uchrashguncha!
Namangan viloyatida bahor o'zining eng go'zal faslini namoyon etmoqda. Uychi, Uchqo'rg'on, Kosonsoy, Chortoq tumanlarining qir-adirliklari yon bag'ri lolaqizg'aldoqlar bilan qoplangan. Bu hududlar Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lib, asosan eko va agro turizm yo'nalishlari rivojlangan. Har yili aprel oyida qir-adirliklar yon bag'rida lolaqizg'aldoqlar ochilib, suratlardek go'zal manzara kasb etadi. Yog'ingarchiliklardan so'ng bu yil lolaqizg'aldoqlar bodroqdek ko'payib, kishiga o'zgacha zavq bag'ishlamoqda. Yilning ayni shu mavsumida nafaqat viloyatimizdan, balki, qo'shni respublikalari hamda viloyatlaridan minglab turistlar tashrifi kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida viloyatimizda ichki turizmni keng rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi katta ahamiyatga ega bo‘ldi Uchrashuvda Namangan viloyati OTMlarida turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar hozirgi kunda turizm sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va viloyatimizning turizm istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Yig‘ilish davomida yoshlar turizmni rivojlantirish uchun bir nechta innovatsion takliflarni ilgari surdilar. Shu bilan birgalikda, turizmni yanada rivojlantirish va viloyatimizni xalqaro darajada tanitish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Namangan 64-XALQARO GULLAR FESTIVALI doirasida volontyorlik guruhlarini tashkil etish va tashrif buyuradigan turistlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ham takliflar ilgari surildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, turizm sohasida yangiliklarni ilgari surish va turistik infratuzilmani yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.
Namangan shahrida o‘tkaziladigan 64-"XALQARO GULLAR FESTIVALI"ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida, mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida maxsus shtab tuzildi. Mazkur shtab a'zolari tomonidan Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan "Atour", "S-Namangan", "Istiqlol" hamda "Buyuk Ipak yo‘li" mehmonxonalarida mavjud sharoitlar o‘rganildi. Monitoring davomida mehmonxonalar infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sifati, gigiyenik talablarning bajarilishi va mijozlarga qulayliklar darajasi o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi. Shuningdek, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, servis sifatini oshirish va festival ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Tashrif buyuruvchi sayyohlarning yuqori darajadagi mamnunligi va festivalning muvaffaqiyatli o‘tishini ta'minlash maqsadida tegishli idora vakillari bilan hamkorlikda doimiy nazorat va monitoring ishlari davom ettiriladi.
Namangan shahrida joylashgan “Oydin Plaza” mehmonxonasida 21–24-aprel kunlari oʻtkaziladigan “YOSHLAR TURIZM HAFTALIGI” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari, Turizm boshqarmasi boshlig‘i Botir Nuritdinov ochib berdi.Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning yoshlar o‘rtasida targ‘iboti,turizm sohasidagi yangi qaror va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar hamda yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Jumladan yoshlar viloyatda turizm salohiyatini oshirish, yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish, tumanlardagi togʻli hududlarda camping va turistik zonalarni koʻpaytirish, tashrif buyuruvchilarga viloyat va tumanlardagi katta-kichik turistik obʼektlarni koʻrsatish, turizm majmualarini QR kodli tizimlashtirish va ommalashtirish kabi masalalarda oʻzlarining taklif va savollarini berib oʻtdilar. Rahbarlar tomonidan tashabbuskor yoshlarning takliflari diqqat bilan tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli yechimlar ishlab chiqildi.
“Oromgoh” mahallasida 7 ta, “Baliq ko‘l” mahallasida 3 ta xonadonda ziyoratchilar uchun oilaviy mehmon uylari tashkil etish rejalashtirilgan. “Oromgoh” va “Baliq ko‘l” MFY xudidida oilaviy mehmon uylari tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlar bilan Namangan viloyati turizm boshqarmasi va tuman xokimligi bilan birgalikda targ‘ibot ishlari olib borildi. Jumladan “Oromgoh” mahallasida istiqomat qiluvchi Rafiqova Ma’mura, Qozaqova Orifa, Ubaydullayevaa Xurriyat, Burxanov Davron va “Baliq ko‘l” MFY da Buvaxanova Aziza,Pulatov Davron, Adashev Iskandarlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash bo‘yicha hamda 2023 yil 27 noyabrdagi 622-sonli qaroriga muvofiq, oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish tartibi, YAIDXP (my.gov.uz): Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish tushuntirish ishlari olib borildi.
Namanganda bo‘lib o‘tadigan 64-Xalqaro Gullar festivali oldidan viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan volontyorlar guruhining tashkiliy nazorati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuritdinov boshchiligida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, fakultet dekanlari hamda ushbu festivalga jalb qilingan ko‘ngilli yoshlarga mas’ul o‘qituvchi xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda festivalni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar berildi hamda tashkiliy ishlar yuzasidan mavjud masalalar kelishib olindi.
4-Xalqaro gullar festivali arafasida Namangan shahrida mehmonlar va sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Milliy” nomli yangi yotoqxona o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur yotoqxona Yangi Namangan tumani, Mingchinor MFY, Kosonsoy ko‘chasi 45-uyda joylashgan bo‘lib, unda 16 ta xona va jami 68 ta o‘rin mavjud. “Milliy” yotoqxonasi ayniqsa festival kunlarida Namanganga tashrif buyuradigan mehmonlar, talabalar va boshqa sayohatchilar uchun qulay joylashuv va shinam muhitni taklif qiladi. Yotoqxonada zamonaviy qulayliklar yaratilgan bo‘lib, xavfsizlik, tozalik va xizmat sifati e’tiborda bo‘lgan. Bu kabi yangi yotoqxonalar sonining ortib borayotgani viloyatda turizm infratuzilmasi izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.